Samsung SC15H4071H скачать инструкцию по эксплуатации (Страница 70 из 88)

Языки: Русский
Страницы:88
Описание:Пылесос мешком для сбора пыли
На сайте можно просмотреть полную версию документа и скачать его в формате PDF.
Страница 70 из 88
O‘ZBEKCHA -
04
Texnika xavfsizligi bo‘yicha ma‘lumotlar
MUHIM EHTIYOT CHORALARI
UMUMIY
Barcha ko'rsatmalarni diqqat bilan o'qib chiqing. Qurilmani yoqishdan avval elektr
tarmog'ingizdagi kuchlanishning changyutgich tag qismidagi yorliqda ko'rsatilgan kuchlanish
bilan bir xil ekaniga ishonch hosil qiling.
OGOHLANTIRISH:
Gilam yoki pol ho'l bo'lgan hollarda changyutgichdan foydalanmang.
Har qanday qurilmadan bolalar yoki ular yaqinida foydalanilgan hollarda qattiq nazorat
talab qilinadi. Changyutgichdan o'yinchoq sifatida foydalanilishiga yo'l qo'ymang. Hech
qachon changyutgich nazoratsiz qoldirilishiga yo'l qo'ymang. Changyutgichdan faqat ushbu
ko'rsatmalarda bayon qilingan maqsadlarda foydalaning.
Changyutgichdan chang yig'ish idishisiz foydalanmang.
Eng yaxshi samaradorlikka erishish uchun chang yig'ish idishini u to'liq to'lishidan avval
bo'shating.
Changyutgichdan gugurt donalari, o'chmagan kul yoki sigaret qoldiqlarini yig'ishtirish uchun
foydalanmang. Changyutgichni o'choqlar va boshqa issiqlik manbalaridan uzoqroqda
saqlang. Issiqlik qurilmaning plastik qismlarini deformatsiyalashi va rangining o'chishiga olib
kelishi mumkin.
Changyutgich bilan qattiq, o'tkir buyumlarni yig'mang, chunki ular changyutgich qismlarini
shikastlashlari mumkin.
Shlangning ustidan bosmang. Shlangning ustiga narsalarni qo'ymang.
So'rish yoki chiqarish portini to'sib qo'ymang.
Elektr tarmog'i rozetkasidan uzishdan avval changyutgichni korpusdagi qo'shgichdan
o'chiring. Chang konteynerini bo'shatishdan avval elektr tarmog'iga ulash kabeli vilkasini
rozetkadan uzing. Shikastlanishning oldini olish uchun rozetkadan uzganda kabeldan emas,
vilkaning o'zidan ushlagan holda torting.
Agar ular nazorat ostida bo‘lsalar yoki ularga xavfsizlik uchun javobgar shaxs tomonidan
ushbu mashinadan foydalanish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berilgan bo‘lsa, bu qurilmadan 8 yoki
undan kattaroq yoshdagi bolalar, jismoniy yoki aqliy qobiliyatlari cheklangan yoki bilimi va
tajribasi yetarli bo‘lmagan shaxslar foydalanishlari mumkin. Bolalarga qurilma bilan o‘ynash
taqiqlanadi. Tozalash va texnik xizmat ko‘rsatishni bolalar nazoratsiz amalga oshirmasligi
kerak.
Bolalar jihoz bilan o'ynamasligini ta'minlash uchun nazorat ostida bo'lishi lozim.
Qurilmani tozalash yoki unga texnik xizmat ko'rsatishdan avval vilka rozetkadan uzib qo'yilishi
kerak.
Uzaytirma kabellardan foydalanish tavsiya qilinmaydi.
Образец
Мануал подходит для устройств